ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Rahbariyat


 

Majmua rahbari - Temir Shirinov

1950 yil 10 martda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1972 yilda Termiz Davlat pedagogika institutini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tarix fanlari doktori, professor. Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganish Assotsiatsiyasi (Fransiya) Vitse-prezidenti Germaniya arxeologiya Instituti haqiqiy a’zosi, Tokio Soko Universiteti (Yaponiya) oliy mukofoti sovrindori, Varshava (Polsha) universiteti Oltin medali sohibi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan, “Fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Mehnat faoliyatini 1972 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida laborant lavozimidan boshlagan. 1976-1979 yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo‘limining aspiranturasida tahsil olgan. 1979-1989 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida kichik, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

1989-1992 yillarda Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti doktoranturasida o‘qigan.

1993-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2004 yildan 2011 yilga qadar Samarqand davlat universiteti rektori, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, 2013 yildan 2016 yilga qadar Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti «O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari” kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga saylangan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2017 yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari.

Oilali, ikki nafar farzandi va nabiralari bor.

 

 

 

 

 

 

Majmua rahbarining ilmiy-ijodiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari - Tursunali Kuziyev

1951 yil 18 noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1976 yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika bilim yurtining rassomchilik-pedagogika fakultetini tamomlagan, 1982 yilda - N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik instituti grafika fakultetini tamomlagan, akademik, professor.

«Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoniga ega, Vetnam Sotsialistik Respublikasining “Do‘stlik” ordeni hamda Ukraina, Rossiya, Yaponiya, Eron, Misr davlatlarining orden va medallari bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini cho‘l yerlarni o‘zlashtirish hududlarida elektrik lavozimidan boshlagan.

1970-1972 yillarda - Qurolli Kuchlar safida xizmatda.

1982 yil Jarqo‘rg‘on tumanida bosh rassom, 1987-1992 yillarda - Surxondaryo viloyat madaniyat fondi viloyat bo‘linmasi raisi, 1992-1995 yillarda - P. P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurti direktori, rassomchilik va kompozitsiya fanlaridan dars bergan.

1995-1996 yillarda -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultanti, 1996-1997 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

1997-2011 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi, ayni paytda, 1997 - 2012 yillarda O‘zbekiston rassomlari ijodiy birlashmasi raisligiga saylangan hamda shu vaqtda Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomchilik va dizayn milliy institutida dars bergan. 1999-2004 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

2011 - 2013 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, 2013-2016 yillarda - O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika kafedrasi professori.

2017 yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbarining ilmiy-ijodiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari.

Oilali, 4 nafar farzandi va nabiralari bor.

 

 

 

 

 

 

 

Majmua rahbarining moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari - Rixsivoy Muxamedov

1947 yil 15 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1970 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1976 yilda - Toshkent partiya maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi - buxgalter-iqtisodchi, siyosatshunos.

Mehnat faoliyatini 1964 yilda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi savdo boshqarmasiga qarashli magazin kichik sotuvchisi lavozimidan boshlab, shu yerda sotuvchi, katta sotuvchi lavozimlarida davom ettirgan.

1971-1974 yillarda O‘zbekiston KP MQ Ishlar boshqarmasida iqtisodchi, 1976-1984 yillarda O‘zbekiston LKSM MQ ishlar boshqaruvchisi, 1984-1990 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentining o‘rinbosari, 1990-1991 yillarda O‘zbekiston Ministrlar Kengashi ishlar boshqarmasida xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1991-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasida: Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Ishlar boshqarmasiga qarashli qurilayotgan binolar va inshootlar direktori, Ishlar boshqarmasi moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi idora direktori lavozimlarida ishlagan.

2004-2006 yillarda «Neftegazstroykomplekt» AJda boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, AJ boshqaruv raisi bo‘lgan. 2006-2010 yillarda «Muruvvat agrosanoat» PNU direktori maslahatchisi, 2010-2014 yillarda «Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik» AJ direktorining maslahatchisi lavozimlarida faoliyatini davom ettirgan.

2017 yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbarining moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari.

Oilali, 4 nafar farzandi va nabiralari bor.

 

 

 

 

 

 

 Muzey direktori – Alisher Ishmatov

1962 yil 1 avgust kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1984 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Ixtisosligi - injener-mexanik. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida injener lavozimida boshlagan va 1986-1992 yillarda institut aspiranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi;

1992-1996 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti;

1996-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2003-2005 yillarda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati “ShAK” filialida AKT guruhi rahbari, 2005-2006 yillarda – “Interaziya” MChJda direktor o‘rinbosari, direktor;

2006-2007 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutining Axborot-analitik markazi rahbari, Institut boshlig‘i o‘rinbosari;

2007-2012 yillarda O‘zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori;

2012-2016 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida direktor o‘rinbosari;

2016–2017 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, axborot-resurs markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yildan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida restavratsiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

2018 yil 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining muzey direktori lavozimiga tayinlangan.

Oilali, uch nafar farzandi bor.